CALL ЦЕНТР
CALL МАРКАЗИ
ГОРЯЧАЯ ЛИНИЯ
(871) 250-06-24, (871) 250-12-92, Telegram @TestMarkazi
Тест синови тарихини 2 усулдан бирида бронлаш мумкин
(бронлаш мобил телефон орқали амалга оширилади ):

Бронлашни амалга ошириш учун сизга қуйидаги операцион тизимларга эга смартфон ёки компьютер керак бўлади: iOS 9+ ANDROID 4.4+


pravila pravila

HURMATLI MIJOZLAR!

 

www.ckt.uz rasmiy saytida testdan o`tishga bron QILINGANLAR uchun:

Siz bron qilingan seansga ro`yxatga o`tish belgilangan vaqtdan 1 soat oldin boshlanadi! Shu munosabat bilan, ko`plab odamlarning to`planishini hisobga olgan holda, Sizdan КТМga  belgilangan vaqtdan 1 soat qolganda kelishingizni ILTIMOS QILAMIZ!  Yoningizda fuqarolik pasportining original ko`rinishi hamda testdan o`tish seansiga brondan o`tganligingizni tasdiqlovchi SMS bo`lishi shart!

DIQQAT!!! Oldindan bron qilinganligi haqida yolg`on ma`lumot bergan shaxslar, BUTUN KUN DAVOMIDA TEST TOPSHIRISHIGA KIRITILMAYDI.

 

www.ckt.uz rasmiy saytida testdan o`tishga bron QILINMAGANLAR uchun:

KTMda birinchi navbatda, KTMning rasmiy saytida oldindan bron qilinganlar test topshiradi. KTMning rasmiy saytida oldindan bron qilinmay kelgan shaxslar, ish kunining oxirida, oxirgi navbatda ro`yxatdan o`tkaziladi, ya`ni ULAR TEST TOPSHIRISHGA ULGURISHLARIGA KAFOLAT BERILMAYDI! Shu munosabat bilan, ko`plab odamlarning to`planishini hisobga olgan holda, KTMga rasmiy saytdan oldindan brondan o`tib kelishingizni ILTIMOS QILAMIZ! Aks holda KTM ma`muriyati Sizga test topshirishga ruxsat bermaslik huquqiga ega.

 

FIRIBGARLARDAN OGOH BO`LING!

Agar Siz, Sizga shubhali xizmatlarni taklif qilgan (pullik tarzda saytda brondan o`tish, testdan o`tishga ko`maklashuvchi materiallar va h.k.)KTM ma`muriyati xodimi bo`lmagan shaxs bilan aloqaga kirishgan bo`lsangiz, darhol navbatchi militsiya xodimiga yoki KTM ma`muriyati xodimlariga murojaat qiling! 

Firibgarlar qurboniga aylanmang!  Agar Siz shu turdagi insonlar haqida biror bir ma`lumotga ega bo`lsangiz, uni KTM ma`muriyati xodimlariga yetkazishingizni so`raymiz!

 

HURMATLI MIJOZLAR! KELING O`ZIMIZNI HAMDA ATROFDAGILARNI HURMAT QILAYLIK! TO`POLON KELTIRIB CHIQARMANG! O`RNATILGAN QOIDALARGA AMAL QILING!

 

KTM ma`muriyati!
Онлайн-бронирование